Isroil Masjid-i Al-Aqsoning “Al-Asbat” eshigiga kamera joylashtirdi

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Masjid-i Al-Aqsoning eshiklariga elektron datchiklar o’rnatilishiga ruhsat berilmasligini ma’lum qildi.

776177
Isroil Masjid-i Al-Aqsoning “Al-Asbat” eshigiga kamera joylashtirdi

Isroil Masjid-i Al-Aqsoning “Al-Asbat” eshigiga kamera joylashtirdi.

Guvohlar ham buni tasdiqladi.

Ularning aytishicha, arslon haykali o’rnatilgan “Al-Asbat” eshigining tepasiga bir qancha kamera joylashtirilgan.

Bunga e’tiroz bildirgan Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Masjid-i Al-Aqsoning eshiklariga elektron datchiklar o’rnatilishiga ruhsat berilmasligini ma’lum qildi.

U bu haqda G’arbiy Sheriyaning Ramallah shahrida o’tkazilgan Falastin Olimlari forumida aytib o’tgan.

“Masjid-i Al-Aqsoning eshiklariga elektron datchiklar o’rnatilishiga ruhsat bermaymiz. Al-Aqsoni boshqarish bizning haqqimiz. Al-Aqsoni biz himoya qilishimiz, eshiklarida biz posbonlik qilishimiz kerak”,-deydi Mahmud Abbos forumda so’zlagan nutqida.

Xolbuki, Isroilning Kanal-2 telekanali Al-Aqso eshiklariga joylashtirilgan kamera va datchiklarni olib tashlash to’g’risida hukumat qarori chiqqanini  ma’lum qilgandi.

Lekin, Al-Aqso eshiklariga qo’l datchiklari bilan tekshirib o’tkazadigan politsiya xodimlari joylashtirilishini xabar qildi.

Hatto, Quddus xavfsizlik boshqarmasi direktori Yoram Ha-Levy va Quddus hokimi Nir Berekat ham buni qo’llab quvvatlagani aytilgandi.

 



Aloqador xabarlar