Arab Ittifoqi Quddus va Masjid-i Al-Aqsodagi vaziyat tufayli favqulodda to'plandi

“Arab Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining favqulodda to’planishi qarorlashtirildi”,-deyiladi ittifoqning yozma bayonotida.

776299
Arab Ittifoqi Quddus va Masjid-i Al-Aqsodagi vaziyat tufayli favqulodda to'plandi

Arab Ittifoqi Quddus va Masjid-i Al-Aqsodagi vaziyat tufayli shoshilinch yig’ilish o’tkazishga qaror berdi.

“Arab Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining favqulodda to’planishi qarorlashtirildi”,-deyiladi ittifoqning yozma bayonotida.

Arab Ittifoqi bosh kotibi Ahmad Abu Gayt mavzu yuzasidan matbuot anjumani o’tkazib, Isroilning azaldan Quddus va Masjid-i Al-Aqsoga nisbatan salbiy munosabatini tanqid qildi.

“Quddus muqaddas dargoh. Arablar va barcha musulmonlar unga ziyon yetishiga yo’l qo’ymaydi. Isroil hukumati o’t bilan o’ynamoqda. Isroil islom va arab olamida katta bo’xronga sabab bo’lmoqda”,-deydi Arab Ittifoqi bosh kotibi Ahmad Abu Gayt.

Qolaversa, Shvetsiya, Fransiya va Misr BMT xavfsizlik kengashini vaziyatni bostirishga harakat qilish maqsadida shoshilinch yig’ilishga chaqirdi.

Isroil politsiyasi 14 iyul kuni Masjid-i Al-Aqsoda uch nafar falastinlik arabni otib tashlagan edi.

Voqea joyida yaralangan isroillik ikki nafar politsiya xodimi esa, shifoxonada olamdan o’tgan edi.

Bu voqeadan so’ng, Masjid-i Al-Aqso ibodatxonasini yopib qo’ygan Isroil kuchlari keyinchalik, Haram-i sharifning eshiklarini ochishga ruhsat bergandi, lekin eshiklariga metall aniqlovchi datchiklarni joylashtirgandi.

Masjid-i Al-Aqsoda namoz o’qishni man qilgan Isroil politsiyasi bilan to’qnashgan falastinliklardan uch nafari halok bo’ldi, o’nga yaqini yaralandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar