Zika virusiga qarshi kurash davom etmoqda

Zika virusiga uzoq vaqtlardan beri duch kelinmayotgan edi, shuning uchun ham odam bolasi sog’ligiga zomin bo’lmaydi degan fikrda ko’rmaslikga olinayotgan edi.

434981
Zika virusiga qarshi kurash davom etmoqda

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan ma'lum qilinishicha “Zika virusi"ga qarshi kurash olib borish uchun roppa-rosa 56 million dollarga ehtiyoj bordir.

Bu mablag' zika virusi yuqishini oldini olish, tezlik bilan diagnoz qoyish va uni emlash faoliyatlari uchun sarflanadi.

Tashkilot, buning 25 million dollarini o'z mablag'laridan ajrata olishini aytdi.

Faqat emlash yo'llarini rivojlantirish, sinovlar va dori-darmon qoidalarini tartibga solish yo'llari va uni tasdiqlash jarayoni uzoq yillar davomidagina amalga oshiriladi.

Faqat Braziliya Sog'likni saqlash vaziri, amerikalik tadqiqotchilarning bu jarayonni 1 yil ichidagina amalga oshira olishini aytgan edi.

Butunjahonda favqulodda vaziyat deya e'lon qilgan Jahon sog'likni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko'ra virus hozirda qariyb 40 davlatga tarqagan.

Zika virusining hozircha davosi yo'q.

Chivin chaqishi orqali yuqgan virusga qarshi butun jahonda keng ko'lamli kurash olib borilmoqda.

Ba'zi davlatlarda, bu kurashga, qo'shin a'zolari ham yordam bermoqda.

Janubiy Amerika davlatlari bosh bo'lish bilan birga, butunjahon boylab hammani tashvishga solgan zika virusi yo'l ochgan mikrosefali kasalligi tufayli dunyoga kelgan chaqaloqlar nogiron tug'ilmoqda.

Jahon sog'likni saqlash tashkilotidan tashqari AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni nazorat qilish ma'muriyati ham virus tarqagan hududlarda sayohat qilgan kishilardan qon olinmasligi kerakligi haqida ogohlantirdi.

Zika virusiga uzoq vaqtlardan beri duch kelinmayotgan edi, shuning uchun ham odam bolasi sog'ligiga zomin bo'lmaydi degan fikrda ko'rmaslikga olinayotgan edi.



Aloqador xabarlar