Shimoliy Koreyada mers virusiga qarshi chora…

Shimoliy Koreyada mers, ebola, saraton va HIV (Spid kasalligiga sabab bo’lgan virus) virusiga qarshi kurashgan modda o’ylab topilgani ilgari surilmoqda.

313252
Shimoliy Koreyada mers virusiga qarshi chora…



Shimoliy Koreya rasmiy xabar agentligi ma’lum qilishicha, mers, ebola, HIV, tuberkulyoz va saraton kabi kasalliklarga qarshi kurashgan moddaning nomi Kumdang-2.
Ushbu modda ayni paytda homilador ayollarning ko’ngli aynishini ham to’xtatadi.
Moddaning tarkibida asosan Osiyoda yetishgan shifobaxsh gingseng o’simligi va kamyob bo’lgan bir qator elementlarning borligi aytilmoqda.
Olimlar ushbu modda ustida 1989 yildan beri tadqiqot olib bormoqda.
Bu modda insonlarning immunitetini kuchlantiradi, inson organizmidagi yuqumli viruslarga qarshi kurashadi.
Shimoliy Koreyaga qo’shni davlat Janubiy Koreya xozirda o’ta yuqumli mers virusiga qarshi kurashmoqda.
Korona virusining tarqalishi sababli 2 kishi hayotdan ko’z yumgan mamlakatda mers virusidan o’lganlar soni 27 nafarni tashkil qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar