İtaliya Bosh vaziri Renzi bugun İroqqa jo’nab ketadi

Matteo Renzi İroq Prezidenti Fuat Masum, Nuri Al Maliki, Bosh vazirlik lavozimiga tayinlanadigan Haydar El-İbadi bilan uchrashadi.

96798
İtaliya Bosh vaziri Renzi bugun İroqqa jo’nab ketadi

İtaliya Bosh vaziri Renzi bugun İroqqa jo’nab ketadi.
İtaliya xabar agentligi ANSA ma’lum qilishicha, Renzi bugun dastlab Bog’dodda so’ngra, Erbilda rasmiy uchrashuvlarni amalga oshiradi.
Shuningdek, Renzining Bog’dodda İroq Prezidenti Fuat Masum, Bosh vazirlik lavozimidan iste’fo etishi kutilgan Nuri Al Maliki, Bosh vazirlik lavozimiga tayinlanadigan Haydar El-İbadi bilan uchrashishi, so’ngra Erbilda İroq Kurt Mintaqaviy Boshqaruv rahbari Mesut Barzaniy bilan uchrashishi ma’lum qilindi.
Xabarga ko’ra, Matteo Renzi uchrashuvlarni yakunlab kechki soatlarda Rimga qaytadi.
Bundan tashqari, İroqlik kurtlarni qurol bilan ta’minlash masalasi ertaga to’planadigan Senato va vakillar majlisi mudofaa va tashqi ishlar mushtarak komissiyasi tomonidan muhokama qilinadi.
İtaliya Tashqi ishlar vaziri Federica Mogherini bilan Mudofaa vaziri Roberta Pinotti parlamentga bu masala bo’yicha ma’lumot beradi.
İtaliya matbuotida berilgan xabarlarda, İtaliya İSHİDga qarshi kurashish uchun mahalliy jangchilarga qurol jo’natish masalasini muhokama qilganligi va 2-3 kun ichida qurol jo’natilishi mumkinligi ifoda etildi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar