Butun dunyoga mashhur "Turk qahvasi"

O’zining alohida qahva madaniyati tarixiga ega bo’lgan Turkiyada qahva tayyorlashning, pishirishning, ichishning va hatto taqdim etishning o’ziga xos yo’llari bordir. Turk qahvasining o’zgacha ajoyib ta’mi, ko’pigi, hidi esa butun dunyoga mashhurdir. Turk qahvasi 2013-yili, “Turk qahvasi madaniyati va an’anasi” nomi ostida UNESCO tomonidan Insoniyatning Nomoddiy Merosi ro’yhatiga kiritilgan.