Quvayt amiri as-Saboh Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Mazkur tashrif 7 yil oradan so'ng, Quvaytdan Turkiyaga amir darajasidagi ilk tashrif bo'lib hisoblanadi.

2136187
Quvayt amiri as-Saboh Turkiyaga tashrif buyurmoqda

 

Quvayt amiri Meshaal al-Ahmed al-Jobir as-Saboh Turkiya va Quvayt o'rtasidagi diplomatik munosabatlarning 60 yilligi munosabati bilan Turkiyaga tashrif buyurmoqda.

16 dekabr kuni amirlik lavozimini bajarishga kirishgan Quvayt amiri as-Saboh bugun xorijga ilk rasmiy tashrifini Turkiyaga amalga oshirmoqda.

Mazkur tashrif 7 yil oradan so'ng, Quvaytdan Turkiyaga amir darajasidagi ilk tashrif bo'lib hisoblanadi.

Oliy martabali mehmonning mamlakatga tashrifi doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuv va muzokaralarda mintaqadagi o'zgarishlar, ayniqsa Isroilning G'azoga hujumlari muhokama qilinadi.

Ikki tomonlama kun tartibida esa, savdo, mudofaa sanoati, turizm va investitsiya kabi muhim mavzular o'rin olgan.

Shu doirada tomonlar o'rtasida yangi shartnomalar imzolanadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Quvayt

Aloqador xabarlar