Iroq shimolidagi portlashda turk harbiy Vedat Zorba halok bo'ldi

Turkiya Vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz va Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler halok bo'lgan qahramon turk askari oilasiga hamdardlik bildirdi.

2143269
Iroq shimolidagi portlashda turk harbiy Vedat Zorba halok bo'ldi

 

Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan Iroq shimolidagi "Panja-Qulf" amaliyoti hududida bo'lginchi terror tashkiloti a'zolari tomonidan qo'yilgan qo'lbola bombaning portlashi oqibatida bir nafar turk harbiy halok bo'ldi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi bayonotida qayd etildi.

"2024-yil 22-may kuni "Panja-Qulf" amaliyoti hududida sodir bo'lgan portlashda qahramon safdoshimiz, piyoda askar Vedat Zorba ogʻir yaralangandi. Qahramon askarimiz darhol kasalxonaga yotqizilgan va shifokorlarning barcha sa'y-harakatlariga qaramay, yarador askar halok bo'ldi. Qadrdon shahidimizni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Uning motamsaro oilasiga, Turkiya Qurolli Kuchlariga va olijanob xalqimizga hamdardlik va sabr bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.

Vitse-prezident Jevdet Yilmaz va Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler ham halok bo'lgan qahramon turk askari oilasiga hamdardlik bildirdi.

 



Aloqador xabarlar