Turkiya Pokiston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi
"Pokistonning Panjob, Balujiston va Xayber Paxtunxva viloyatlarida sodir boʻlgan sel falokatlarida ko'plab insonlarning halok boʻlganidan chuqur qaygʻudamiz",-deyiladi bayonotda.
Turkiya Pokistonning Panjob, Balujiston va Xayber Paxtunxva viloyatlarida sodir bo'lgan sel falokatlarida ko'plab insonlarning hayotdan ko'z yumganligi munosabati bilan Pokiston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.
"Pokistonning Panjob, Balujiston va Xayber Paxtunxva viloyatlarida sodir boʻlgan sel falokatlarida ko'plab insonlarning halok boʻlganidan chuqur qaygʻudamiz. Tabiiy ofatlarda halok bo'lganlarni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Qardosh Pokiston xalqi va hukumatiga chuqur hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.
Eslatma: 13 aprel kuni Pokistonning Panjob, Balujiston va Xayber Paxtunxva viloyatlarida boshlangan kuchli yog'ingarchilik oqibatida 63 kishi hayotdan ko'z yumgandi.
Yomg'ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlarida ko'plab uylar zarar ko'rgan, infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazilgan.
Aloqador xabarlar
Erdo‘g‘an mehnatkashlarni birdamlik kuni munosabati bilan tabrikladi
Prezident Erdo‘g‘an, mehnatkashlarni 1 -may birdamlik kuni munosabati bilan tabrikladi.
Kurtulmush mehnatkashlarni birdamlik kuni munosabati bilan tabrikladi
Numan Kurtulmush mehnatkashlarni 1 -may birdamlik kuni munosabati bilan tabrikladi.