Kalin Mogadishuda Hasan Shayh Mahmud tomonidan qabul qilindi

Ibrahim Kalin, Somali poytaxti Mogadishuga tashrif uyushtirdi.

2134078
Kalin Mogadishuda Hasan Shayh Mahmud tomonidan qabul qilindi

Milliy Razvedka Tashkiloti (MRT) rahbari Ibrahim Kalin, Somali poytaxti Mogadishuga bo‘lgan tashrifi chog‘ida Somali Prezidenti Hasan Shayh Mahmud tomonidan qabul qilindi.

Somali Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Milliy Razvedka Tashkiloti rahbari Kalin, Mogadishoga bo‘lgan tashrifi chog‘ida Somali Prezidenti Mahmud, Milliy Razvedka va xavfsizlik agentligi (NISA) rahbari Abdullohiy Mohamed Ali bilan uchrashdi.

Unda, xavfsizlik va razvedka sohasida ash - Shabob terror tashkilotiga qarshi kurash sa’y – harakatlari qo‘lga olinar ekan ayni vaqtda, mintaqaviy barqarorlikni yaxshilash va Turkiya bilan Somali o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash haqida fikr almashildi.

Somali Prezidenti Mahmud uchrashuv chog‘ida, Somali hukumatining ikki davlat o‘rtasidagi xavfsizlik masalalari hamda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikka alohida ahamiyat berganliklarini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Somali , #Ibrahim Kalin , #Hasan Shayh Mahmud

Aloqador xabarlar