Prezident Erdoʻgʻan Eron – Isroil tarangligiga e’tibor qaratdi
Prezident Erdoʻgʻan Vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan bayonot berdi.
Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning qayd etishicha, Eron bilan boʻlgan zidlashishning yagona sababchisi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxudir. Prezident mavzu haqida:
“Gʻazodagi zulm va qatliom toʻxtamas ekan, mintaqamiz yangi tarangliklarga duchor boʻlishi aniqdir”. – dedi.
Prezident Erdoʻgʻan Vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan bayonot berdi.
Unda, Tehron va Tel - Aviv oʻrtasida avj olgan taranglikka e’tibor qaratib:
“Roppa - rosa 193 kundan beri butun dunyo koʻzi oʻngida (Gʻazo sektorida) qatliomga qoʻl urgan, ayni vaqtda jamoatchilik bosimini pasaytirish uchun har xil hiyla - nayranglarni koʻrsatgan Netanyaxudan boshqa hech kim emasdir. 13 - aprelga o‘tar kechasi bizni qoʻrqitgan taranglikning (Eronning Isroilga havo orqali hujum uyushtirishi) asosiy sababchisi Netanyaxu va uning qonxo‘r ma’muriyatidir”. – deya gapirdi.
Turkiya sifatida, ayniqsa, oxirgi ikki kundan beri Gʻazodagi qatliomlar e’tiborsiz qolmasligi uchun uchrashuvlarni yana – da orttirganliklarini qayd etgan Prezident:
“Holatning avj olishiga yoʻl ochishning ham, Netanyaxu ma’muriyatini tinmay erkalatishning ham hech kimga foydasi yoʻq. Gʻazoda zulm va qatliom toʻxtamas ekan, mintaqamiz yangi tarangliklarga duchor boʻlishi aniq”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.