“Turkish Airlines” Afg‘onistonga parvozlarini qayta tiklamoqda
Aviakompaniyaning rasmiylari ma’lum qilishicha, samolyot qatnovlari haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi.
2133534
“Turkish Airlines” aviakompaniyasi joriy yilning 21-mayidan boshlab Istanbul va Kobul o‘rtasida aviaqatnovni qayta yo‘lga qo‘yadi.
Qayd etilishicha, “Turkish Airlines” 2021-yil 14-avgustda Kobulga so‘nggi qatnovni uyushtirgan edi.
Afg‘onistonda siyosiy vaziyat o‘zgarganidan keyin kompaniya mamlakatga parvozlarini to‘xtatib qo‘ygandi.
Aviakompaniyaning rasmiylari ma’lum qilishicha, samolyot qatnovlari haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi.