Prezident Erdoʻgʻan al – Nahyonga hamdardlik bildirdi

Prezident Erdoʻgʻan bilan Muhammad bin Zoid al - Nahyon telefon orqali muloqot qildi.

2129018
Prezident Erdoʻgʻan al – Nahyonga hamdardlik bildirdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Prezidenti Muhammad bin Zoid al - Nahyon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga koʻra unda Prezident Erdoʻgʻan, BAAda sodir boʻlgan sel falokati tufayli al – Nahyonga hamdardlik bildirdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan shuningdek Ruanda elchisi Charlz Kayonga va Nikaragua elchisi Tatiana Daniela Garsiya Silvani qabul qildi.

Prezidentlik kulliyasidagi mazkur qabulda, Ruanda va Nikaragua elchilari Prezident Erdoʻgʻanga ishonch yorliqlarini topshirdilar.



Aloqador xabarlar