Turkiya Iroq shimolidagi terror tahdidini tubdan bartaraf etmoqchi

Televizion ko'rsatuvda tashqi siyosat kun tartibi bo'yicha savollarga javob bergan Hakan Fidan Iroq bilan hamkorlikda terrorizmga qarshi kurash bo'yicha olib borilayotgan faoliyatlarga to'xtaldi.

2117107
Turkiya Iroq shimolidagi terror tahdidini tubdan bartaraf etmoqchi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Turkiyaning mintaqada barqarorlikni ta'minlash uchun o'z ixtiyoridagi barcha tashqi siyosat vositalarini muvofiqlashtirilgan holda qo'llashda qat'iy ekanini ta'kidladi.

Televizion ko'rsatuvda tashqi siyosat kun tartibi bo'yicha savollarga javob bergan Hakan Fidan Iroq bilan hamkorlikda terrorizmga qarshi kurash bo'yicha olib borilayotgan faoliyatlarga to'xtaldi.

“Bizning tilagimiz, Sulaymoniyadagi doʻstlarimiz yoʻl yaqin ekan, xatolaridan qaytishini, tarixda boʻlgani kabi bugun ham Turkiya bilan doʻstlik rishtalarini mustahkamlashi va mushtarak kelajak sari birgalikda harakat qilishlaridir",-deydi Hakan Fidan.

"Erbil, Sulaymoniya, Bag'dod, Kerkuk va Mosulda kelajakni "birga" quramiz, u yerda terror tashkilotlariga o'rin yo'q",-deya ta'kidlagan Hakan Fidan, "Men aytib oʻtayotgan shaharlar va madaniyatlar qadimiy madaniyatlar boʻlib, ular avval ham bunday tahdidlarni yengib oʻtgan va kelajakda ham shunday boʻlishiga umid qilaman”, - dedi.

Hakan Fidanning ta'kidlashicha, Sulaymoniya xalqi Turkiyaga do'st xalq. Ularning terror tashkilotlari bilan hech qanday aloqasi yo'q.

Vazir Fidan, “Kurdiston Vatanparvarlar Ittifoqining (KYB) Sulaymoniyadagi rahbariyati va uni tashkil etgan jamoaning PKK terror tashkiloti bilan aloqalari va samimiyligi biz uchun muammo boʻlibgina qolmay, ayni vaqtda milliy xavfsizlik tahdidiga aylandi" dedi.

“Turkiya mintaqada barqarorlikni ta’minlash uchun o’z ixtiyoridagi barcha tashqi siyosat vositalarini muvofiqlashtirilgan holda ishga solishga qaror qildi”,- dedi Turkiya TIV rahbari.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar