Erdo‘g‘an Isroilning Falastin xalqiga qarshi ochiq – oydin uyushtirgan qatliomiga e’tibor qaratdi
Prezident Erdo‘g‘an, Prezidentlik kulliyasida Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan bo‘lgan uchrashuvi ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq so‘zladi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, “G‘arb kuchlarining ham uzluksiz yordami bilan Netanyahu va uning asabiy boshqaruvi ochiq – oydin Falastin xalqiga qarshi qatliomga qo‘l urmoqda”. – dedi.
Prezident Erdo‘g‘an, Prezidentlik kulliyasida Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan bo‘lgan uchrashuvi ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq so‘zladi.
Mahmud Abbos va hay’atini mehmon qilishdan xursand ekanini bildirgan Erdo‘g‘an, Turkiya va turk xalqining Falastinni har doim qo‘llab - quvvatlagani hamda Falastinning ular qalbida alohida o‘rni borligini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an so‘zlari davomida:
“Uchrashuvimizda Falastindagi oxirgi vaziyatni batafsil muhokama qildik. Falastinlik birodarlarimiz o‘z tarixidagi eng og‘ir davrlardan birini boshdan kechirmoqda. O‘tgan yilning 7 – oktabridan beri G‘azo va Ramallohda gunohsiz insonlarga qarshi Isroil tomonidan uyushtirilgan hujumlar oqibatida falastinlik qariyb 32 ming inson shahid bo‘ldi, 72 ming nafardan ortiq inson tan jarohati oldi, 2 mililon nafarga yaqin inson esa o‘z uy – joyini tark etishga majbur bo‘ldi. Falastinlik 2,3 million inson kundalik hayot sharoitida zarur bo‘lgan ehtiyojini qondira olmayapdi. Isroil G‘azo xalqini faqatgina ochlik va suvsizlik bilan emas, ayni vaqtda gunohsiz insonlar ustida vahshiylardek bomba yog‘dirish orqali ham qatl qilmoqda. Roppa – rosa 151 kundan beri asrning eng yirik vayshiyliklaridan biriga guvoh bo‘lmoqdamiz. G‘arb kuchlarining ham uzluksiz yordami bilan Netanyahu va uning asabiy boshqaruvi ochiq – oydin Falastin xalqiga qarshi qatliomga qo‘l urmoqda”, - deya gapirdi.
Falastindan kelgan va tan jarohati olgan 1000 kishining Turkiyaning turli shifoxonalarida davolanayotganiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, “Netanyahu va qotil sheriklari, to‘kgan har bir tomchi qon uchun qonun va ijtimoiy vijdon oldida albatta javob beradi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Falastin Prezident Mahmud Abbos esa:
“Turkiya, Falastin xalqi oldidagi barcha tarixiy mas’uliyatini a’lo darajada bajarmoqda”, - deya gapirdi. Abbos Turkiyani nazarda tutgan holda, “Falastinni har doim qo‘llab -quvvatlagani uchun minnatdormiz”, - dedi.