"KAAN"ning birinchi parvozi Germaniya OAV sahifalarida

KAAN milliy jangovar samolyotining birinchi parvozi Germaniya ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

2105877
"KAAN"ning birinchi parvozi Germaniya OAV sahifalarida

 

KAAN milliy jangovar samolyotining birinchi parvozi Germaniya ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Germaniyaning Welt gazetasining “Bu burilish nuqtasi Turkiyaning qiruvchi samolyotlar mamlakati sifatida yuksalishiga ishora qiladi” sarlavhali maqolasida.

  KAAN birinchi parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirgani bildirildi.

Xabarda, Turkiyaning zamonaviy jangovar samolyotlar ishlab chiqarishda o'zini-o'zi ta'minlash uchun tobora kuchayib borayotgani bildirildi.  Bu shiddat bilan rivojlanayotgan mudofaa sanoati uchun tarixiy burilish bo‘lgani qayd etildi.

Ikki dvigatelli qiruvchi samolyot 5-avlod deb nomlangan model bo‘lib, yashirin funksiyalarga ega bo‘lgani uchun uni radar yordamida aniqlash qiyinligi ta’kidlandi.

Flugrevue aviatsiya sayti xabarida, KAAN Turkiyaning umid chirog'i va osmondagi yangi qiruvchi samolyot ekanligi ta'kidlandi.

Yashirin xususiyatlarga ega Turkiya milliy jangovar samolyoti ilk muvaffaqiyatli parvozini amalga oshirgani ma’lum qilindi.

Frankfurter Allgemeine gazetasi, “Turkiya KAANni taqdim qildi” sarlavhali xabarida, Turkiyada ishlab chiqarilgan jangovar samolyotning ilk parvozini muvaffaqiyatli yakunlaganini bildirdi.

Gazetaning xabar berishicha, Ukraina Turkiyaning 5-avlod qiruvchi samolyoti KAANga allaqachon qiziqish bildirgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Matbuot , #Nemis , #Qiruvchi Samolyot , #KAAN

Aloqador xabarlar