Turk dengiz floti Somali dengizlarini 10 yil davomida himoya qiladi

“Turk qardoshlarimiz ikki davlat o‘rtasida imzolangan mudofaa va iqtisodiy hamkorlik shartnomasi doirasida 10yil davomida dengizlarimizni himoya qiladi. 10 yillik hamkorlikdan keyin dengizlarimizni himoya qiladigan flotga ega bo‘lamiz",dedi Somali rahbari

2105767
Turk dengiz floti Somali dengizlarini 10 yil davomida himoya qiladi

 

Turk dengiz floti Somalining dengizlarini 10 yil davomida himoya qiladi.

Bu haqda “Anadolu” xabar agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Somali prezidenti Hasan Shayx Mahmud Turkiya bilan mudofaa va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha doiraviy bitim mamlakat parlamenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin jurnalistlarga bergan bayonotida bu haqda ma’lum qildi.

“Turk qardoshlarimiz ikki davlat o‘rtasida imzolangan mudofaa va iqtisodiy hamkorlik shartnomasi doirasida 10 yil davomida dengizlarimizni himoya qiladi. 10 yillik hamkorlikdan keyin dengizlarimizni himoya qiladigan flotga ega bo‘lamiz", dedi Somali prezidenti.

Uning qayd etishicha, kelishuv terrorizm, xorijiy tahdidlar, qaroqchilik va noqonuniy baliq ovlashga qarshi  kurashish, qirg‘oqlarni himoya qilish va dengiz resurslarini rivojlantirish kabi sohalarda hamkorlikni o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birga Mahmud hujjatda Efiopiya yoki boshqa davlatga qarshi dushmanlik maqsadi yo‘qligini ham qo’shimcha qilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Somali , #Turkiya

Aloqador xabarlar