Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an Eronga hamdardlik bildirdi

“Eronning Kirmon viloyatida sodir etilgan dahshatli terror xurujlaridan chuqur qayg‘udamiz”, degan Erdo‘g‘an.

2084053
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an Eronga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha, Eronda yuz bergan terakt oqibatida vafot etganlarning oila a’zolariga va Eron xalqiga hamdardlik bildirdi.

Prezident bu haqda X (sobiq Twitter)dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Eronning Kirmon viloyatida sodir etilgan dahshatli terror xurujlaridan chuqur qayg‘udamiz”, degan Erdo‘g‘an.

Shuningdek, davlat rahbari hujumlarda hayotdan ko‘z yumganlarga rahmat tilab, jarohat olganlarni tezroq shifo topishini tilagan. 

Turkiya rahbari Eronni do‘st va qardosh mamlakat sifatida ko‘rishini aytgan va Eron xalqiga hamdardlik izhor etgan.

Eslatma: Kecha, 3 yanvar kuni Eronning Kirmon shahrida Quds kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy o‘limining to‘rt yilligiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazilayotgan qabriston yaqinida ikkita portlash sodir etilishi oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Eron , #Turkiya

Aloqador xabarlar