Erdo‘g‘an: “Falastinning g‘alabaga erishishidan ishonchimiz komil”.

Prezident Erdo‘g‘an, Gretsiyaga kecha uyushtirgan tashrifidan qaytar chog‘ida samolyotda bayonot berdi.

2074346
Erdo‘g‘an: “Falastinning g‘alabaga erishishidan ishonchimiz komil”.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Yaqin Sharqda 7 - oktabrdan beri davom etayotgan urush haqida:

“Falastinning g‘alabaga erishishidan ishonchimiz komil”. – dedi.

Erdo‘g‘an, Gretsiyaga kecha uyushtirgan tashrifidan qaytar chog‘ida samolyotda bergan bayonotida:

“Falastinning g‘alabasi degani, dunyo tinchligining g‘alabasi deganidir; inson huquqlariga bo‘lgan sodiqlikning tiklanishi deganidir. Disfunktsiyali global tizimni istamasak, xalqaro huquqni tushunmasak, unda Falastinning g‘alaba qozonishi uchun uni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Aks holda kuchli va zolimning qonuni g‘alaba qozonadi. Bu butun dunyo uchun falokat degan ma’noni anglatadi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Erdo‘g‘an, AQSh Prezidenti Joe Bayden bilan uchrashuv o‘tkazish masalasi kun tartibida emasligini bildirdi va bu haqida:

“G‘azoga bo‘lgan munosabati o‘rtada. Bizga qo‘ng‘iroq qilsa, qo‘lga olishimiz kerak bo‘lgan mavzularni gaplashamiz.” – dedi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterrishning global tizimga e’tibor qaratganini taʼkidlagan Prezident, o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Dunyo tinchligi uchun tashkil etilgan unsurlarga - o‘z vazifangizni bajaring – demoqchi bo‘ldi. Umid qilamanki bu chaqiruvga BMTXK quloq soladi”.

Prezident Erdo‘g‘an, Xamasning siyosiy harakat ekanini ta’kidlab:

“Xamas siyosiy partiya sifatida ishtirok etgan saylovlarda g‘alaba qozongan harakatdir. Lekin ularni terror tashkiloti sifatida qabul qilishimizni istamoqdalar.  Sizning gapingizga kirib biz Xamasni terror tashkiloti demaymiz”. – deya gapirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Xamas , #Prezident Erdo‘g‘an

Aloqador xabarlar