Prezident Erdoʻgʻan eng qisqa vaqtda Misrga tashrif uyushtirishi mumkin

Prezident Erdoʻgʻan Jazoirga boʻlgan tashrifidan qaytar chogʻida samolyotda kun tartibini baholadi.

2067538
Prezident Erdoʻgʻan eng qisqa vaqtda Misrga tashrif uyushtirishi mumkin

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan gʻazolik bemorlarni Turkiyaga olib kelish ishlari davom etishi tarafdori ekanini ta’kidlab, eng qisqa vaqtda Misrga tashrif uyushtirishi mumkinligini qayd etdi.

Prezident Erdoʻgʻan Jazoirga boʻlgan tashrifidan qaytar chogʻida samolyotda kun tartibini baholadi.

Unda Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tabbun bilan mintaqaviy va global mavzular, ayniqsa, Gʻazodagi vahshiylikni muhokama qilganliklarini bildirgan Prezident:

“Bosib olingan Falastin tuproqlarida 7 - oktabrdan beri davom etayotgan qatliomlarni har ikki davlat ham lanatlaymiz”. – dedi.

Gʻazoning Falastin tuprogʻi ekanini ifoda etgan Erdoʻgʻan:

“Falastinliklarning qadimiy tuprogʻi 1947 - yildan beri asta - sekin Isroil tomonidan bosib olinishiga qaramay, umid qilamizki Gʻazo Falastin hududi boʻlib qoladi”. – deya gapirdi.

Gʻazodagi ishgʻol baʻzi davlatlarning yetkachiligini jimjirtlikka yetaklasa ham,  jamiyatlarning vijdonini tinch qoʻymaganiga e’tibor qaratgan Prezident Erdoʻgʻan:

“Koʻchalarda Falastinni qoʻllab - quvvatlayotganlar soni ortib bormoqda”. - dedi.

Xamas qoʻlidagi tinch aholiga nisbatan salbiy tusda xatti - harakatlar borligi yoki boʻlishi mumkinligiga ishonmasligini bildirgan Erdoʻgʻan:

“Isroil qoʻlida koʻplab falastinlik bor. Xamas hozircha ana shularni qutqarish payida. Qatarning aralashuvi bilan mavjud jarayonda yangi qadam tashlanmoqda. Menimcha, bugun va ertaga garovga olinganlarni almashishni boshlaydilar”. – deya gapirdi.

Misr boshqaruvining ham Refah chegara darvozasida ijobiy qadamlar tashlaganiga diqqat qaratgan Prezident Erdoʻgʻan:

“Eng avvalo Gʻazodagi saraton kasallaridan 40 nafari mamlakatimizga keldi. Ikkinchi bosqichda bu raqam sezilarli darajada ortdi va 88 nafar bemor bilan 67 nafar hamroh deb qayd etildi. Biz ularni shahar shifoxonalarida davolaymiz va buni davom ettiramiz. Gʻazodagi bemorlarni u yerdan yurtimizga olib kelinishini istaymiz. Eng qisqa vaqtda Misrga tashrif uyushtirishim mumkin. Bu masalalar Misrdagi eng asosiy kun tartibimiz boʻladi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Yevropa davlatlarining qatliomni toʻxtatish uchun hech qanday chora koʻrmaganini bildirgan Prezident:

“Bu yerda faqatgina Ispaniyaning yondashuvi ijobiy qayd etilmoqda. Ispaniyada hukumat tashkil etildi. Kelasi hafta Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan ham uchrashaman”. - dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdoʻgʻan , #Xamas , #Isroil

Aloqador xabarlar