Erdo‘g‘an Isroil va Falastin o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyor

“Tomonlar talab qilsa, Turkiya sifatida biz har qanday vositachilikka, jumladan mahbuslar almashinuvini amalga oshirishga tayyormiz”, dedi Turkiya prezidenti.

2048524
Erdo‘g‘an Isroil va Falastin o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyor

 

Turkiya diplomatik kanallar orqali Isroil va Falastinni mojaroni hal qilishda vositachi bo‘lishga, jumladan, ushbu davlatlar rahbarlarining uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Isroil va Falastin rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi.

Erdo‘g‘an tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatib, muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi.

“Tomonlar talab qilsa, Turkiya sifatida biz har qanday vositachilikka, jumladan mahbuslar almashinuvini amalga oshirishga tayyormiz”, dedi Turkiya prezidenti.

Erdog’an, shuningdek, “1967 yilgi chegaralar doirasida, poytaxti Quddus bo’lgan, yaxlitlikka ega mustaqil, suveren Falastin davlati tuzilmaguncha mintaqada tinchlik va osoyishtalik bo’lmaydi. Biz na Isroil, na Falastin hududlarida birorta ham begunoh odamning qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymasligimizni har doim aytganmiz va aytishda davom etamiz” deb ogohlantirdi.

Erdo'g'an ayni vaqtda, tomonlarga “urush odobi va axloqi” borligini eslatdi.

“G’azoning havo va quruqlik hujumlari bilan vayron qilinishi, masjidlarning bombardimon qilinishi, begunoh bolalar, ayollar, qariyalar va tinch aholining o’limi hech qachon qabul qilinishi mumkin emas. Adolatli tinchlikning yutqazuvchisi yo'q. Aytmoqchimanki, agar tomonlar talab qilsa, Turkiya sifatida biz har qanday vositachilikka, jumladan mahbuslar almashinuviga tayyormiz. Biz Isroildan Falastin yerlarini bombardimon qilishni va falastinliklar Isroildagi tinch aholi punktlarini portlatishni to'xtatishini so'raymiz. Shuningdek, G’azo xalqiga kerak bo’ladigan gumanitar yordam materiallarini yetkazib berish uchun ham zarur tayyorgarlik ko’ryapmiz”, - dedi Turkiya prezidenti.

Anqara, shuningdek, tomonlarga har qanday vositachilik, jumladan, liderlar uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini bildirdi. Anqara diplomatik missiyasi ham mojaroni hal qilish uchun G‘arb davlatlari bilan aloqalarni davom ettirmoqda.

Uch kun ichida Isroil-Falastin urushi natijasida isroilliklar orasida qurbonlar soni mingdan oshdi. Isroilning G‘azo sektoriga bergan raketa zarbalari natijasida ko'plab tinch aholi vakillari halok bo'ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Falastin , #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar