Turkiyada oxirgi 3 oyda 258 nafar terrorist yo'q qilindi

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma'lum qildi.

2036954
Turkiyada oxirgi 3 oyda 258 nafar terrorist yo'q qilindi

 

Turkiyada oxirgi 3 oyda 258 nafar terrorist yo'q qilindi.

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, mamlakat hududlari bo'ylab 44 ta terraristik harakatning oldi olindi. Bulardan 37 nafari bomba vositasida rejalangan hujum edi.

Yerlikaya poytaxt Anqarada bergan bayonotida, oxirgi 90 kun ichida terroristik guruhlariga qarshi uchuvchisiz uchish apparati (İHA), qurolli dronlar va IKUlar bilan 15 ming 640 soatlik parvoz amalga oshirilganligini bildirdi.

"Jami 43 ming 490ta operatsiya o'tkazdik. Bu amaliyotlarda 258 nafar terrorist yo'q qilindi. 40 nafari taslim bo'ldi, 27 nafari o'lik, 187 nafari tiriklayin, 4 nafari yarador holda qo'lga tushirildi",-deydi u.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar