Yevropa Ittifoqi mulozimi Turkiyaga tashrifini samarali deb baholadi

Yevropa Ittifoqining Qo'shnichilik va kengayishdan mas'ul Komissiya a'zosi Oliver Varhelyi Turkiyada siyosat, iqtisod, savdo, fan-texnika va ijtimoiy siyosat sohalarida ijobiy kun tartibiga hissa qo'shadigan samarali muloqotlar o'tkazganini ma'lum qildi.

2034661
Yevropa Ittifoqi mulozimi Turkiyaga tashrifini samarali deb baholadi

 

Yevropa Ittifoqining Qo'shnichilik va kengayishdan mas'ul Komissiya a'zosi Oliver Varhelyi Turkiyada siyosat, iqtisod, savdo, fan-texnika va ijtimoiy siyosat sohalarida ijobiy kun tartibiga hissa qo'shadigan samarali muloqotlar o'tkazganini ma'lum qildi.

Varhelyi ijtimoiy tarmoq orqali poytaxt Anqaraga ikki kunlik (6-7 sentyabr) tashrifi yakunlari haqida fikr bildirdi.

U mamlakat tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashganini ma’lum qilib, “Biz muloqot va hamkorlikni faollashtirish, umumiy farovonlik va barqarorligimizni qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus kun tartibini ishlab chiqish, jumladan viza tartibini soddalashtirish, tijorat masalalari va sarmoyaviy imkoniyatlar bo‘yicha aloqalarni faollashtirish uchun ijobiy kun tartibini ishlab chiqishga kelishib oldik”,-dedi.

Savdo vaziri O'mer Bolat bilan bo’lgan uchrashuviga to’xtalgan Varhelyi, Bojxona ittifoqining yangilanishini hisobga olgan holda, savdoga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga qarshi kurashishni kuchaytirishga qaror qilganligini ta'kidladi. U shuningdek, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari ijrosi xususida  birgalikdagi sa'y-harakatlar haqida samarali fikr almashganligini aytdi.

Yevropa Ittifoqi Komissari Varhelyi bundan tashqari, Turkiya Oila va Ijtimoiy Xizmatlar Vaziri Moxinur O'zdemir Goktash bilan bo’lgan uchrashuvga ham e’tibor qaratdi.

U uchrashuv chog’ida imzolangan xorijliklar uchun ijtimoiy integratsiya bo’yicha yordam loyihasini "Yevropa Ittifoqi tomonidan imzolangan eng katta kelishuv" deb atadi.

Varhelyi tashrif doirasida Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Vitse-prezident Jevdet Yilmaz, Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir va Turk investorlar bilan ham uchrashuvlar o'tkazganini ma’lum qildi.

U Turkiyaning Yevropa Ittifoqidagi “Horizon Europe” va “Erasmus” dasturlaridagi ishtirokini muvaffaqiyatli deb baholadi.

Uning taʼkidlashicha, bu safar Turkiyaning “Raqamli Yevropa” dasturiga kiritilishi fan, texnologiya va taʼlim sohalaridagi hamkorlikka xizmat qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar