Alparslan Bayraktar Isroil energetika vaziri bilan muloqot qildi

Turkiya va Isroil energetika vazirlari energiya, ayniqsa tabiiy gaz sohasida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.

2032567
Alparslan Bayraktar Isroil energetika vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar Isroil energetika vaziri Isroil Katz bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bayraktar X ijtimoiy media platformasida uchrashuv tafsilotlari haqida ma'lum qildi.

Bayraktar Isroil energetika vaziri bilan energiya, ayniqsa tabiiy gaz sohasida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilganini bildirdi.

“Janob Katzning taklifi doirasida biz imkon qadar tezroq Isroilga tashrif buyurishni rejalashtirmoqdamiz”,-deydi u. 

Isroil energetika vaziri Katz ham X ijtimoiy media platformasida bayonot berdi. 

"Turkiya energetika vaziri Alparslan Bayraktar bilan suhbatimiz samarali o'tdi. Energetika sohasidagi hamkorlikni yangilash imkoniyatlarini muhokama qildik. Bosh vazir Netanyaxu Prezident Erdo'g'an bilan uchrashish uchun (Turkiyaga) tashrif buyurishni rejalashtirar ekan, mintaqaviy hamkorlik nuqtai nazaridan istiqbolli davrni boshdan kechirmoqdamiz. Yangiliklarni kuzatib boring",-deydi u.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar