Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz Yevropa Ittifoqi delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda global va mintaqaviy o'zgarishlar, ayniqsa, Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari haqida fikr almashildi.

2031638
Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz Yevropa Ittifoqi delegatsiyasini qabul qildi

 

Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz Yevropa Ittifoqining Turkiyadan mas'ul delegatsiyasi rahbari Nikolaus Meyer-Landrut va hamrohligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Mazkur uchrashuv poytaxt Anqaradagi Prezident saroyida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda global va mintaqaviy o'zgarishlar, ayniqsa Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari haqida fikr almashildi.

Jevdet Yilmaz Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari chuqur ildizli, ko'p qirrali va nafaqat Turkiya va Yevropa Ittifoqi, balki mintaqa uchun ham hayotiy ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

"Biz bu vaziyatning eng aniq aksini Rossiya-Ukraina urushida yana bir bor guvohi bo'ldik. Turkiya sifatida Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarimiz oldidagi siyosiy toʻsiqlarni tezroq bartaraf etish, aloqalarni qayta tezlashtirish va tizimli muloqot mexanizmlarini doimo ochiq tutishni juda muhim deb bilamiz. Bojxona ittifoqini yangilash va vizani liberallashtirish bo'yicha muloqotni tezlashtirish bu jarayondagi muhim kun tartibimiz hisoblanadi. Biz Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi yaqin moliyaviy hamkorlikni oshirish va kengaytirishni Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonining asosiy elementi deb hisoblaymiz. Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro hamkorligimiz yashil transformatsiya, raqamlashtirish, barqaror shahar transporti va toza energiya kabi sohalarda yangi imkoniyatlarni taqdim etadi”,-deydi Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Turkiya

Aloqador xabarlar