Turkiya va Iroq "Taraqqiyot yo'li" loyihasi bo'yicha kelishuv imzolaydi

Bu haqda Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia As-Sudanining transport masalalari bo'yicha maslahatchisi Nasser al-Asadiy "As-Sabah" gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

2030202
Turkiya va Iroq "Taraqqiyot yo'li" loyihasi bo'yicha kelishuv imzolaydi

 

Turkiya va Iroq hukumatlari "Taraqqiyot yo'li" loyihasi bo'yicha kelishuv imzolaydi.

Bu haqda Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia As-Sudanining transport masalalari bo'yicha maslahatchisi Nasser al-Asadiy "As-Sabah" gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

"Taraqqiyot yo'li loyihasi bo'yicha Turkiya va Iroq o'rtasidagi kelishuvlar tez orada imzolanadi", deydi Asadiy gazetaga bergan intervyusida.

Qayd etilishicha, ushbu kelishuv Ko’rfazni Turkiya chegarasiga olib boradigan avtomobil va temir yo’l loyihalarini qamrab oladi. Shuningdek, ushbu transport yo'llari va temir yo'llari Yaqin Sharq va Yevropa o'rtasida yuk tashishning asosiy yo'nalishi bo'ladi.

Uning ta'kidlashicha, Turkiya hukumati ham ushbu loyihaga katta ahamiyat bermoqda.

Ma'lumot uchun, Iroq Bosh vaziri Sudaniy may oyi oxirida Osiyoni Yevropa bilan bog'laydigan "Taraqqiyot yo'li" loyihasini e'lon qilgandi.

Fors ko'rfazidagi Buyuk Fav portidan boshlanib, Iroq shimolida davom etuvchi va Turkiyaga yetib boruvchi loyihaning 1200 kilometrlik temir yo'l va transport yo'li infratuzilmasini o'z ichiga olishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha Basra, Bag'dod va Mosulni o'z ichiga olgan yo'nalish bo'ylab Turkiyadagi temir yo'l tarmog'iga ulanishi maqsad qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar