Turkiya hukumati inflyatsiya muammosini yechishga harakat qilmoqda

Erdo'g'an Vazirlar Mahkamasi majlisi yakunlari bo‘yicha xalqqa murojaat qilar ekan, respublika iqtisodiyotida ijobiy tendensiyalar kuzatilayotganini ta’kidlab, fuqarolarni sabr-toqatga chaqirdi.

2027818
Turkiya hukumati inflyatsiya muammosini yechishga harakat qilmoqda

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an uning hukumati iqtisodning asosiy muammosi – inflyatsiyani yechishga harakat qilayotganini aytdi.

Erdo'g'an Vazirlar Mahkamasi majlisi yakunlari bo‘yicha xalqqa murojaat qilar ekan, respublika iqtisodiyotida ijobiy tendensiyalar kuzatilayotganini ta’kidlab, fuqarolarni sabr-toqatga chaqirdi. 

“Fuqarolarimizning kun tartibidan inflyatsiya masalasini olib tashlaymiz, hammasiga biroz sabr qilish kerak, biz ham fuqarolarimizdan o‘z harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlashini kutamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy o‘zgarishlardan biri, bu 11 avgust holatiga ko‘ra markaziy bankning valyuta zaxiralari 116 milliard dollarga yetgani. Xorijiy investorlar iqtisodiyotimizdagi ijobiy o‘zgarishlarni yaqindan kuzatib bormoqda”, deydi Erdo‘g‘an.

U iyul oyida Fors ko‘rfazi mamlakatlariga amalga oshirgan safari chog‘ida 50 milliard dollarlik shartnomalar tuzgani bilan Turkiyaga xorijda ishonch kuchayganini qo‘shimcha qildi.

Turkiya Prezidenti, bundan tashqari, respublika fuqarolarini yozning quruq kelishi va ayrim hududlarda qurg‘oqchilik bo‘lishi mumkinligi munosabati bilan suvni tejashga chaqirdi.  

“Men sizni qishloq xo‘jaligi, sanoat va shaxsiy maqsadlarda suvdan foydalanishga tejamkor munosabatda bo‘lishga chaqiraman”, deydi Erdo‘g‘an.

Turk lirasi oxirgi oylarda dollarga nisbatan rekord darajada qadrsizlanishda davom etmoqda.

Ayni vaqtda bir AQSH dollari 27,2 turk lirasini tashkil qilmoqda.

Joriy yilning 18 iyul kuni ushbu miqdor 26,95 bo‘lgan edi. 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar