Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

Erdo'g'an suhbat avvalida, Turkiyadagi o'rmon yong'inlariga qarshi kurash uchun Rossiya tomonidan yuborilgan 2 yong'in o'chirish samolyoti uchun hamkasbiga minnatdorchilik bildirdi.

2019444
Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

 

Bugun, 2 avgust kuni Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya rahbari idorasi xabar berdi.

Erdo'g'an suhbat avvalida, Turkiyadagi o'rmon yong'inlariga qarshi kurash uchun Rossiya tomonidan yuborilgan 2 yong'in o'chirish samolyoti uchun hamkasbiga minnatdorchilik bildirdi.

Erdo'g’an shuningdek, rossiyalik sayyohlarning Turkiyaga bo’lgan qiziqishi ortib borayotganidan mamnunligini bildirib, bu yil turizmda mushtarak sa’y-harakatlar bilan rekord o’rnatilishiga ishonch bildirdi.

Aytilishicha, suhbat chog‘ida yetakchilar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq xabarda tashrif sanasiga aniqlik kiritilmagan.

Shuningdek, Erdo‘g‘an Putinga Anqara g‘alla bitimini qayta boshlash uchun jadal harakatlarni davom ettirishini aytgan.

Qora dengiz tashabbusining uzoq muddat to'xtatilishi hech kimga foyda keltirmasligiga, eng ko'p donga muhtoj va kam daromadli davlatlar zarar ko'rishiga diqqat qaratgan Prezident Erdo'g'an, yil davomida 23 foizga tushgan don narxining oxirgi ikki haftada 15 foizga oshganiga diqqat qaratdi.

Erdo'g'an, Turkiyaning Qora dengiz tashabbusining davom etishi uchun qizg'in sa'y-harakatlar va diplomatiyani davom ettirishini qayd etdi.

Qayd etilishicha, Putin avvalroq Erdo‘g‘an bilan Rossiya yoki Turkiya hududida shaxsiy uchrashuv variantini muhokama qilgan.

Rossiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Turkiyadagi prezidentlik saylovlari oldidan ham Erdo‘g‘an rossiyalik mavqedoshini o‘z mamlakatiga taklif qilgan, ammo tashrif mavzusi bo‘yicha “hech kim taxmin qilmasligi” uchun buni qilmaslikka qaror qilingan. 

Aytish joizki, bunday safar saylov kampaniyasi arafasida “ichki siyosiy jarayonga qandaydir ta’sir ko‘rsatishga urinish” sifatida qabul qilinishi mumkin edi.

Rossiya yetakchisining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov bugun, 2 avgust kuni Moskva va Anqara Putinning Turkiyaga tashrifini rejalashtirayotganini aytgan, biroq tomonlar hozircha aniq sanani kelishib olmagan. Ushakovning qayd etishicha, Turkiyaga tashrif buyurish va’dasi Erdo‘g‘anning so‘nggi saylovlardagi g‘alabasidan so‘ng darhol berilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Putin , #Erdo'g'an , #Turkiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar