Turkiya Yevropa Ittifoqi muzokaralarini qayta boshlashga qaror qildi

Iyul oyida Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an "Turkiya Yevropa Ittifoqi eshigida 50 yildan ortiq vaqtdan beri kutmoqda" degandi.

2017098
Turkiya Yevropa Ittifoqi muzokaralarini qayta boshlashga qaror qildi

 

Turkiya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash niyatida.

Bu haqda mamlakat Moliya vaziri Mehmet Shimshek ma'lum qildi.

"Biz Yevropa Ittifoqiga o‘zgarishlar uchun ilhom manbasi sifatida qaraymiz. Bu eng yaxshi yo‘l", dedi Shimshek. 

Turkiya "ichki va mintaqaviy muammolar, jarohatlar va qiyinchiliklar" tufayli "og‘ir o‘n yillikni" boshdan kechirdi, dedi vazir. "Balki biz yo‘ldan adashgandirmiz", deb tan oldi u. "Ammo mamlakat iqtisodiy va siyosiy islohotlarga sodiq va ular qanday amalga oshirilayotgani taraqqiyotning kalitidir". 

Iyul oyida Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an "Turkiya Yevropa Ittifoqi eshigida 50 yildan ortiq vaqtdan beri kutmoqda" dedi.

U "Turkiya uchun Yevropa Ittifoqiga yo‘l ochishni" talab qildi, aks holda Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lish arizasini qo‘llab-quvvatlamasligi bilan tahdid qildi. Bu so‘zlarga qaramay, NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenberg ertasi kuni Erdo‘g‘an Shvetsiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qabul qilinishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish uchun taqdim etishga roziligini e’lon qildi. 

Turkiya 1987 yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan va 1999 yilda nomzod maqomini olgan. Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar 2005 yilda boshlangan. Turkiya Yevropa Ittifoqining asosiy iqtisodiy va harbiy hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, tomonlar migratsiya masalalari bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilmoqda. 


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Turkiya

Aloqador xabarlar