Erdo'g’an Vilnyusda Jo Bayden bilan uchrashdi

Litva poytaxti Vilnyusda boshlangan NATO sammiti doirasida bo'lib o'tgan ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bir soatdan ortiq davom etdi.

2010015
Erdo'g’an Vilnyusda Jo Bayden bilan uchrashdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an 11 iyul kuni Litva poytaxti Vilnyusda boshlangan NATO sammiti doirasida Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashdi.

Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bir soatdan ortiq davom etdi.

“Navbat AQSh bilan strategik mexanizm doirasida davlat rahbarlari darajasida maslahatlashuvlar o‘tkazishga keldi, deb o‘ylayman. Men intervyuni buning birinchi qadami deb bilaman. Prezident Bayden bilan oldingi uchrashuvlarimiz isinish kabi edi. Endi biz yangi jarayonni boshlayapmiz",-deb aytgan Erdo'g'an uchrashuv yakunlari bo'yicha OAVga bergan intervyusida.

May oyida Turkiyada bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichidan so'ng Bayden o'ziga qo'ng'iroq qilib, tabriklaganini ifoda etgan Erdo'g'an, "Biz ham Amerika Qo'shma Shtatlarida yaqinlashib kelayotgan saylovda Baydenga muvaffaqiyatlar tilaymiz",- dedi.

Qayd etilishicha, Bayden uchrashuvda Erdo'g'anga Shvetsiya bilan bog'liq diplomatiyasi va yetakchiligi uchun minnatdorlik bildirgan. U shuningdek, Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lish bo'yicha hujjatni Turkiya Buyuk Millat Majlisiga (TBMM) taqdim etilishini e'lon qilganidan mamnunligini aytgan.

NATO sammitini "tarixiy sammit" deb atagan Bayden, alyans mudofaasini kuchaytirish bo'yicha majburiyatlarini takrorlagan.

Erdo'g’an 2024-yilda AQShda bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovlarida muvaffaqiyatlar tilaganidan so’ng, Bayden unga minnatdorlik bildirib, “Kelgusi besh yil ichida siz bilan hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutaman”, deb aytgan.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #NATO , #Jo Bayden , #Turkiya

Aloqador xabarlar