Turkiya Stoltenbergning vazifasi muddati uzaytirilishini qo‘llab-quvvatladi

Yens Stoltenberg, 2014-yilning 1-oktabridan beri NATO Bosh kotibi lavozimida ishlab kelmoqda.

2007214
Turkiya Stoltenbergning vazifasi muddati uzaytirilishini qo‘llab-quvvatladi

Turkiya, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning vazifasi muddati to‘rtinchi marta uzaytirilishini qo‘llab-quvvatladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, NATO kengashining Stoltenbergning vazifasi muddatini 2024-yilning 1-oktabrigacha uzaytirish haqida qaror qabul qilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan holda,

“O‘z faoliyati davomida mamlakatimiz bilan yaqin hamkorlik va birdamlik ichida bo‘lgan Bosh kotib Stoltenbergni tabriklaymiz”. –degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bayonotda shuningdek:

“2014-yildan beri ortib borayotgan tahdid va sinovlar, jumladan, terrorizmga qarshi kurashda ittifoqning birligi va birdamligini saqlab qolish uchun astoydil mehnat qilgan Bosh kotib Stoltenberg, bundan keyin ham zarur yetakchilikni namoyish etishni davom etishiga ishonchimiz komil”.-deyildi.

Eslatib o‘tamiz NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning vazifasi muddati joriy yilning 30-sentabri kuni o‘z nihoyasiga yetadi. NATO yetakchiligi tomonidan kecha berilgan bayonotga ko‘ra ittifoqchi davlatlar Bosh kotibning vazifasi muddatini yana bir yilga uzaytirish haqida qaror qabul qilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yens Stoltenberg , #NATO

Aloqador xabarlar