Erdo'g'an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergni tabrikladi

"Biz qiyin muammolarga duch kelayotgan va xavfsizlikka bo'lgan ehtiyoj o'ta zarur bo'lgan kon'yunkturada janob Stoltenbergning o'rni ittifoqimiz va global tinchlikka muhim hissa qo'shishiga ishonaman",- deb yozdi Erdo'g'an Twitter'dagi sahifasida.

2007388
Erdo'g'an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergni tabrikladi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an vakolati yana bir yilga uzaytirilgan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergni tabrikladi.

"Biz qiyin muammolarga duch kelayotgan va xavfsizlikka bo'lgan ehtiyoj o'ta zarur bo'lgan kon'yunkturada janob Stoltenbergning o'rni ittifoqimiz va global tinchlikka muhim hissa qo'shishiga ishonaman",- deb yozdi Erdo'g'an Twitter'dagi sahifasida.

Yens Stoltenbergning NATO Bosh kotibi lavozimidagi faoliyati muddati yana bir yil uzaytirildi. 

Shu tariqa Shimoliy Atlantika alyansini boshqarib kelayotgan amaldagi rahbarning vakolati to‘rtinchi bor uzaytirildi. Stoltenberg 2022 yil 1 oktyabrda kursisini topshirishi kerak edi, biroq o‘sha yil mart oyida o‘tgan Alyans sammitida ittifoqchi davlatlar rahbarlari Ukraina atrofidagi voqealar asnosida uning mandatini 2023 yil 30 sentyabrgacha uzaytirish yuzasidan qaror qabul qilishgandi.


Tanlangan kalimalar: #Yens Stoltenberg , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar