Erdo'g'an Gretsiya bosh vaziri Mitsotakisni saylovdagi g'alabasi bilan tabrikladi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis bilan telefon orqali muloqot qildi.

2004514
Erdo'g'an Gretsiya bosh vaziri Mitsotakisni saylovdagi g'alabasi bilan tabrikladi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis bilan telefon orqali muloqot qildi.

Erdo'g'an suhbat avvalida Gretsiya Bosh vaziri Mitsotakisni umumiy saylovlarda erishgan g'alabasi bilan tabrikladi.

"Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakisni umumiy saylovlarda erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklab, yangi davr Turkiya-Gretsiya munosabatlari uchun foydali bo'lishiga tilak bildirdi",-deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yetakchilar shuningdek, har ikki davlatda o‘z xalqlarini tinchlantirgan kuchli hukumatlar ikki tomonlama munosabatlarning kelajagi uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidladilar.


​Eslatma: Gretsiyada o'tkazilgan umumiy saylovlarda so'nggi to'rt yildan beri bir o'zi hokimiyatda bo'lgan Kiryakos Mitsotakis boshchiligidagi Yangi Demokratiya partiyasi parlamentda ko'pchilikni qo'lga kiritdi.

Norasmiy natijalarga ko‘ra, Yangi Demokratiya partiyasi 40,56 foiz ovoz bilan 300 o‘rinli parlamentda 158 deputat bilan joy egalladi. Natijada, Yangi Demokratiya partiyasi yakka o'zi hokimiyatga kelish uchun zarur bo'lgan 151 o'rinni oshib o'tdi. Saylovlarda davomat 53 foizni tashkil qildi.  


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Kiryakos Mitsotakis , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar