Erdo'g'anning Istanbuldagi mitingida 1,7 million kishi ishtirok etdi

Turkiyada Prezident va parlament saylovlari 14 mayda bo‘lib o‘tadi. Erdo'g‘anning asosiy raqibi muxolifatchilarning "Xalq alyansi" yetakchisi Kemal Kilichdaro‘g‘li hisoblanadi.

1984524
Erdo'g'anning Istanbuldagi mitingida 1,7 million kishi ishtirok etdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘anning ma’lum qilishicha, Istanbulda uning tarafdorlari uyushtirgan mitingda 1,7 million kishi ishtirok etgan.

Turkiyada Prezident va parlament saylovlari 14 mayda bo‘lib o‘tadi.

Davlatning amaldagi rahbari Rajap Tayyip Erdo'g‘anga asosiy raqib sifatida muxolifatchilarning "Xalq alyansi" yetakchisi Kemal Kilichdaro‘g‘li hisoblanadi. Shuningdek, saylovda "Memleket" partiyasidan Muharram Inje va "Ata" alyansidan Sinan Ogan ham ishtirok etmoqda.

Agar 14 mayda g‘olib aniqlanmasa, ikkinchi tur 28 mayda bo‘lib o‘tadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar