Turkiyaning Trabzon viloyatida “Zigana” tuneli ochildi

Erdo'g'an Trabzon va Gumushhane viloyatlari o’rtasidagi ushbu tunnel vositasida Qora dengiz sharqiy va janubi-sharqiy Anadoluga, u yerdan Eron va Yaqin sharqqa, ya’ni tarixiy Ipak yo’liga bog’lanishini ma’lum qildi.

1982459
Turkiyaning Trabzon viloyatida “Zigana” tuneli ochildi

 

Kecha, 3 may kuni Turkiyaning Trabzon viloyatida “Zigana” tuneli ochildi.

Yevropa va Turkiyadagi eng uzun tunnel deb baholangan “Zigana” tunelining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va vazirlar ishtirok etdi.

Turkiya prezidenti tadbirdagi nutqida tunnel mintaqaning har sohada rivojlanishining timsollaridan biri bo’lishini aytdi.

Erdo'g'an Trabzonda qurilgan “Zigana” tunneli nafaqat Yevropa va Turkiyadagi eng uzun tunnel, balki dunyodagi uchinchi eng uzun qo'shaloq yo’lakli yo'l tuneli ekanini aytdi.

U shuningdek, Trabzon va Gumushhane viloyatlari o’rtasidagi ushbu tunnel vositasida Qora dengiz sharqiy va janubi-sharqiy Anadoluga, u yerdan Eron va Yaqin sharqqa, ya’ni tarixiy Ipak yo’liga bog’lanishini ma’lum qildi.

"Zigana togʻini kesib o’tgan ushbu tunnel har sohada mintaqamiz taraqqiyotining timsollaridan biri boʻladi. Vaqtdan yutish, yoqilgʻi va uglerod emissiyasi chiqindilarini oldini olish imkoniyatiga erishtirgan ushbu tunel, Qora dengiz portlari bilan mamlakatimiz janubi o‘rtasida yangi quvur vazifasini o’taydi”,-deydi Turkiya prezidenti.

 


Tanlangan kalimalar: #Zigana tuneli , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar