Sudandagi Turkiya fuqarolarini evakuatsiya qilish amaliyoti yakunlandi

Sudandagi to'qnashuvlar tufayli 23 aprel kuni boshlangan Turkiya fuqarolarini evakuatsiya qilish amaliyoti 1 maydan boshlab yakunlandi.

1981565
Sudandagi Turkiya fuqarolarini evakuatsiya qilish amaliyoti yakunlandi

 

Sudandagi to'qnashuvlar tufayli 23 aprel kuni boshlangan Turkiya fuqarolarini evakuatsiya qilish amaliyoti 1 maydan boshlab yakunlandi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, “Sudan Respublikasida 2023-yilning 15-aprelidan buyon armiya va Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tashvish uyg‘otmoqda.

Barcha xalqaro tashabbuslarga qaramay, biz mojaroning davom etishi va tinch aholi orasida qurbonlar soni ortib borayotganidan xavotirdamiz.

Prezidentimiz (Rejep Tayyip Erdo'g'an), Tashqi ishlar vazirimiz (Mavlud Chavusho'g'li) va boshqa maqomlarimiz voqealar boshidan beri Sudanlik hamkasblari bilan yaqin aloqada; Ularni  vazminlikka va o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda”. deya bildirildi.

Bayonotda “Mamlakatimiz ham masalani tinch asosda hal qilish uchun turli tashabbuslarni amalga oshirmoqda va Sudanda yana birodarlarcha qon toʻkilishini oldini olish uchun barcha diplomatik vositalarni safarbar qilmoqda”. deya qayd etildi.

Evakuatsiya operatsiyasi yakunlangani bildirilgan bayonotda, "Sudandagi fuqarolarimizning qaytishini ta'minlash maqsadida 2023 yil 23 aprelda boshlangan evakuatsiya operatsiyalarimiz,

bugun (1-may) yakunlandi. Evakuatsiya operatsiyalarimizga hissa qo'shgan barcha mamlakatlarga, xususan, Efiopiya, Misr, Sudan va Saudiya Arabistoniga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yakunlandi , #Evakuatsiya , #Turk fuqaro , #Sudan

Aloqador xabarlar