Erdo'g'an xorijda yashagan 6000 turk olim vatanga qaytarilganini aytdi

“2018-yilda amalga oshirgan Vatanga qaytish loyihalari doirasida chet davlatlarda faoliyat olib borayotgan 6000 nafar olimni vatanimizga olib keldik. Chunki, Turkiya endi ketadigan emas, balki keladigan davlatdir”,-dedi Erdo'g'an.

1979471
Erdo'g'an xorijda yashagan 6000 turk olim vatanga qaytarilganini aytdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an mamlakatda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, 2018-yilda amalga oshirilgan “Yurtga qaytish loyihasi” doirasida xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko’rsatayotgan 6000 turk olim Turkiyaga qaytarildi.

Prezident Erdo'g'an ijtimoiy media orqali ushbu loyiha haqida ma’lum qildi.

Erdo‘g‘an “Turkiya asri” xeshtegi bilan yozgan postida, “2018-yilda amalga oshirgan Vatanga qaytish loyihalari doirasida chet davlatlarda faoliyat olib borayotgan 6000 nafar olimni vatanimizga olib keldik. Chunki, Turkiya endi ketadigan emas, balki keladigan davlatdir”,-degan so’zlarga o’rin berdi.

Erdo’g’an ayni vaqtda, Turkiyaning Mush viloyatida tug’ilib o’sgan va yillar o'tib Britaniyada dars berishni boshlagan turk olimning prezident maktubiga javoban, mamlakatiga qaytgani haqidagi video tasvirlarga ham o’rin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar