Turkiya Sudandagi Turk fuqarolarini evakuatsiya qilmoqda

Sudan poytaxti Xartumda 15-aprel kuni, ikki raqobatchi harbiy qo‘mondon - general Abdulfattoh al-Burxon bilan Muhammad Hamdon Dagalo o‘rtasidagi kelishmovchilik keskinlashib, ko‘cha janglari boshlanib ketdi.

1978233
Turkiya Sudandagi Turk fuqarolarini evakuatsiya qilmoqda

Turkiya Sudandagi Turk fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun ishga tushdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Sudan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Al Sadik Ali bilan telefon orqali muloqot qildi.

Unda, Sudandagi oxirgi vaziyat va Turk fuqarolarining evakuatsiya qilinishi masalasi qo‘lga olindi.

Tashqi ishlar vazirligi ham fuqarolarni evakuatsiya qilish uchun bayonot berdi.

Ushbu bayonotga ko‘ra, Turk fuqarolari bugun quruqlik yo‘li bilan uchinchi davlat orqali Turkiyaga olib kelinadi.

Hartumdagi ikkita nuqta yoki ikkita markaz Turk fuqarolari to‘planuvchi va yo‘lga chiquvchi joy sifatida belgilab olindi.

Ulardan biri Rotana al-Salam mehmonxonasi, ikkinchi esa Kafuridagi Nur jome masjididir.

Vad Madaniy shahridagi Turk restorani ham Turk fuqarolari to‘planuvchi va yo‘lga chiquvchi nuqta sifatida qabul qilindi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda safarning kamida 22, eng ko‘p 24 soat davom etishi bildirildi.

Unda shuningdek, evakuatsiya qilinmoqchi bo‘lgan fuqarolardan Turkiyaning Sudandagi elchixonasining ijtimoiy tarmoq hisoblarini kuzatishlari so‘raldi.

Bayonotda mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolariga ham yordam berilishi ifoda etildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Turk fuqarolari , #evakuatsiya , #Sudan

Aloqador xabarlar