Turkiya Sudandagi toʻqnashuvni toʻxtatish uchun tomonlar bilan uchrashdi

Mevlut Chavushoʻgʻlu Antaliyaning Manavgat tumanida soʻzlagan nutqida, Sudandagi armiya bilan Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlarga toʻxtaldi.

1977541
Turkiya Sudandagi toʻqnashuvni toʻxtatish uchun tomonlar bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Sudandagi toʻqnashuvni toʻxtatish uchun tomonlar bilan uchrashganliklarini bildirdi.

Mevlut Chavushoʻgʻlu Antaliyaning Manavgat tumanida soʻzlagan nutqida, Sudandagi armiya bilan Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlarga toʻxtaldi va bu haqida:

“Ikkala tomon ham bizning birodarlarimiz. Shunday ekan nima uchun taraf olishimiz kerak?” - dedi.

Chavushoʻgʻlu toʻqnashuvni toʻxtatish uchun har ikki tomon bilan ham uchrashganliklari va bugun oʻq uzish toʻxtatilishi mumkinligini ifoda etdi.

Mintaqadagi fuqarolar bilan ham aloqada ekanliklarini bildirgan Chavushoʻgʻlu, ularni oʻq uzish toʻxtagunga qadar turgan joyida turishlari va yeb-ichish kabi ehtiyojlarini elchixonada qondirishlari kerakligi ustidan ogohlantirdi.

Chavushoʻgʻlu havo hududi ochilganidan keyin qaytishni istagan fuqarolarni olib kelishlarini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

Dunyoning koʻp davlati jumladan Yevropa davlatlari fuqarolarini Sudandan olib chiqish uchun yordam soʻraganiga e’tibor qaratgan Chavushoʻgʻlu, Turkiyaning ishonchli davlat ekanini oʻz soʻziga ilova etdi.

Dunyoda kuch poygalari borligini ifoda etgan Chavushoʻgʻlu, Yevropa ittifoqi bu borada kuchini qoʻldan boy bergani, Birlashgan Millatlar Tashkilotinnig yetarsizligini qayd etib, bunday bir davrda Turkiya kabi muhim davlatlarga ehtiyoj borligini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar