Chavusho‘g‘li:"Turkiya Ukrainada keskinlik kuchayganidan xavotirda"

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara bir tomondan Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi. Ikkinchi tomondan vositachi sifatida, jumladan, “don kelishuvi” bo‘yicha faol ishlamoqda.

1973540
Chavusho‘g‘li:"Turkiya Ukrainada keskinlik kuchayganidan xavotirda"

 

Turkiya Ukrainada keskinlik kuchayganidan xavotirda. Bu hamma uchun salbiy oqibatga olib keladi, bir qator G‘arb davlatlari ayni vaziyatda g‘olib bo‘lmasligini tushunishi kerak, dedi Turkiya mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li.

"Biz ikki tomon ham hujumga tayyorlanayotganini ko‘ryapmiz. Jangovar hududga qurol va ishchi kuchi yuborilmoqda. Bir qator davlatlar Ukrainaga og‘ir qurol berdi. Ukraina o‘z hududlarini qaytarib olmoqchi, Rossiya referendum o‘tkazishini e’lon qildi. Afsuski, keskinlik kuchayishini kutyapmiz" – deydi TIV rahbari “A Haber” nashriga bergan intervyusida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara bir tomondan Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi. Ikkinchi tomondan vositachi sifatida, jumladan, “don kelishuvi” bo‘yicha faol ishlamoqda.

"Tanglik kuchayishi hamma uchun salbiy oqibatga olib keladi. O‘tgan hafta Bryusselda NATO yig‘ilishida qatnashib, yevropalik hamkorlarimizni diqqat bilan tingladik. Turkiya rahbari boshidanoq aytgan: urushda g‘olib bo‘lmaydi, tinchlikdan hech kim yutqazmaydi. Muloqot davrasiga qaytish shart. Bir qator g‘arb davlatlari bu raqobatda g‘olib bo‘lmasligini, faqat muzokara orqaligina natijaga erishish mumkinligini tushunishi kerak",- deya qo‘shimcha qildi Chavusho‘g‘li. 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar