Turkiya Rossiya va G‘arb uchun xavfsizlikning yangi arxitekturasini taklif qilmoqda

Turkiya hukumati g‘arb mamlakatlarini Turkiya Prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning suhbati mazmuni haqida xabardor qildi.

1972112

Bu haqda Hurriyet gazetasi xabar berdi.

RF Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidentining maxsus vakili Ibrohim Kalin bilan uchrashib, yirik loyihalar, jumladan, “Akkuyu” AESini muhokama qildi, deb bayonot bergandi avvalroq RF Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

U shuningdek, Rossiya 27 aprel kuni yadro yoqilg‘isini yuklash marosimida munosib ishtirok etishini ham ma’lum qilgandi.

Turkiya matbuoti Putin bilan Kalin uchrashuvida Ukraina mojarosini hal etish masalasini ham muhokama etilganini ma’lum qilgan. U shuningdek, Rossiya Prezidenti ushbu masalada muzokaraga tayyorligini, lekin G‘arb mazkur jarayonga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlaganini yozgan.

“Turkiya tomonlarga Rossiya bilan G‘arb o‘rtasida xavfsizlikning yangi arxitekturasini yaratishni taklif qilgan. Unda birinchi navbatda AQSH uchun ham ushbu jarayonning eshiklari ochiq qoladi. Endi esa Turkiya Putin bilan bo‘lib o‘tgan suhbatning mazmunini G‘arbga ma’lum qilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar