Hulusi Akar Iroq mudofaa vaziri Al Abbosiy bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoati sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi, Turkiya va Iroq o'rtasidagi do'stlik va qardoshlik rishtalari va yuzlab yillik tarixiy o'tmishning ahamiyati ta'kidlandi.

1963330
Hulusi Akar Iroq mudofaa vaziri Al Abbosiy bilan uchrashdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar rasmiy tashrif bilan Anqaraga kelgan Iroq mudofaa vaziri Sobit Muhammad Said Riza Al Abbosiy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoati sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi, Turkiya va Iroq o'rtasidagi do'stlik va qardoshlik rishtalari va yuzlab yillik tarixiy o'tmishning ahamiyati ta'kidlandi.

Uchrashuvda Hulusi Akar terror tashkiloti PKK nafaqat Turkiya, balki Iroq uchun ham xavf tug’dirayotganini, Turkiya Iroq va boshqa barcha qo’shni davlatlarning chegara va hududiy yaxlitligini hurmat qilishini, Turk Qurolli Kuchlarining o’z chegaralarini va xalqini himoya qilishda qat’iy ekanini tilga oldi.

Akar shuningdek, terrorizmga qarshi kurashda huquq, qonun va oʻzaro hurmat bilan hamkorlik qilish, Turk Qurolli Kuchlari bilan Iroq Qurolli Kuchlari oʻrtasida oʻzaro bilim va tajriba almashish hamda mushtarak taʼlim va mashgʻulotlar oʻtkazish, mudofaa sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi. Qolaversa, harbiy ta'minot, logistika, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash kabi sohalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratdi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Turkiya , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar