Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov Turkiyada

Ali Asadov Turkiyaga boʻlgan tashrifi chogʻida eng avvalo vitse - prezident Jevdet Yilmaz bilan uchrashdi.

2137007
Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov Turkiyada

Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov amaliy tashrif bilan Turkiyada.

Ali Asadov Turkiyaga boʻlgan tashrifi chogʻida eng avvalo vitse - prezident Jevdet Yilmaz bilan uchrashdi.

Unda, ikki davlat oʻrtasidagi mavjud munosabatlar va hamkorlik imkoniyatlar baholandi.

Oʻzaro va hay’atlararo uchrashuvlar ortidan Jevdet Yilmaz bilan Asadov, Turkiya bilan Ozarbayjon oʻrtasida 11 - Davlat Qoʻshma iqtisodiy komissiya protokolini imzoladi, mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Jevdet Yilmaz, Turkiya bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmining 7,5 milliard dollarga yetganini bildirdi.

“Ozarbayjonning eng muhim savdo sheriklaridan biri boʻlganimizdan xursandmiz”, - degan Yilmaz, maqsadning 15 milliard dollarlik savdo hajmi ekanini oʻz soʻziga ilova etdi.

Yilmaz bilan Asadov, Turkiya Savdo palatalari va birjalari ittifoqining (TOBB) qoʻshaloq minorasida boʻlib oʻtuvchi Turkiya - Ozarbayjon biznes forumida ham ishtirok etadi.

Ozarbayjon Bosh vaziri, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan tomonidan ham qabul qilinadi.



Aloqador xabarlar