Mavlud Chavusho’g’li Misr hukumati va xalqiga minnatdorlik bildirdi

Chavusho’g’li va Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukri Misrdan yordam olib kelgan “El Hurriye” kemasi langar tashlagan Mersin xalqaro portida bayonot berdi.

1952525
Mavlud Chavusho’g’li Misr hukumati va xalqiga minnatdorlik bildirdi

 

Turkiya va Misr o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi ikki davlat manfaatlariga mos keladi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li misrlik hamkasbi Samih Shukri bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Ikki davlat vaziri Mersin portiga tashrif buyurib, zilzila qurbonlari uchun Misrdan “Al-Xuriya” kemasida kelgan 520 tonnalik insonparvarlik yordamini kutib olish marosimida ishtirok etishdi.

“Turkiya va Misr o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi ikki tomon uchun ham foydali bo‘ladi, lekin bu butun mintaqamiz barqarorligi va rivojlanishi uchun ham nihoyatda muhim”.

“Munosabatlarimiz sovuqlashgan davrda ham qayta-qayta ta’kidlanganidek, Misr O‘rtayer dengizi, arab dunyosi va islom olami, Falastin, Afrika va Turkiya uchun ham muhim davlatdir. Biz kuchli Misrdan manfaatdormiz”, deb qo‘shimcha qildi Chavusho‘g‘li.

TIV rahbari, shuningdek, Turkiya va Misr Prezidentlari Rajap Tayyip Erdog‘an va Abdul Fattoh As-Sisining Dohadagi uchrashuvi nihoyatda samarali bo‘lganini ta’kidlab, ikki yetakchining Anqarada uchrashuviga hozirliklar boshlanganini ma’lum qildi.

Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukri bilan Adana aeroportida bo'lib o'tgan uchrashuvda bu aloqalarni yaxshilash uchun tashlanadigan qadamlarni muhokama qilganligini bildirdi.

Vazir Chavusho'g'li so'zlarini quyidagicha davom ettirdi:

“Turkiya va Misr oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanishi har ikki tomonning manfaatiga xizmat qiladi. Lekin, bu nafaqat ikki davlat, balki mintaqamizning barqarorligi, tinchligi va rivojlanishi uchun ham nihoyatda muhim. Men ishonamanki, biz aloqalarimizni yanada yaxshi darajaga olib chiqish uchun hamkorlikda ishlashni davom ettiramiz. Shukri birodarimning bugun Turkiyada bo'lishi biz uchun nihoyatda muhim va mazmunli. Ushbu tashrif uchun unga katta rahmat aytaman"

Misr Tashqi ishlar vaziri Samih Shukri o’z navbatida, Misr hukumati va xalqi sifatida Turkiyaning zilzila oqibatlarini eng qisqa vaqt ichida bartaraf etishiga chin dildan ishonganligini bildirdi.

"Misr har doim Turkiyadagi birodarlarining yonida bo'ladi. Bundan buyon munosabatlarimiz bundan ham yuqori cho’qqilarga chiqishiga ishonaman", dedi Misr tashqi ishlar vaziri.

 


Tanlangan kalimalar: #Misr , #Turkiya

Aloqador xabarlar