Hatayda 45 yoshli erkak zilziladan 11 kun o‘tib qutqarildi
Turkiyaning Hatay viloyatida 45 yoshli Hakan Yasinoglu Defne tumanida qulagan bino vayronalari ostidan chiqarildi.
1948411
![Hatayda 45 yoshli erkak zilziladan 11 kun o‘tib qutqarildi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/a8bd/a68b/01b3/63e4923bdc18a.jpg?time=1718779478)
Turkiyaning Hatay viloyatida 45 yoshli erkak vayronalar ostida zilziladan 278 soat (11 kun) o‘tib, omon qoldi.
Hakan Yasinoglu Defne tumanida qulagan bino vayronalari ostidan chiqarildi.
Qidiruv-qutqaruv guruhi vayron bo‘lgan bino ostida tirik odam borligini aniqladi.
Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi.
Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 41 mingdan oshgan.