Turkiyada zilzila haqida yolg'on feyklarga qarshi kurash xizmati ishga tushirildi

“Odamlarning foydalanishi uchun yolg‘on xabarlar haqida ma’lum qiluvchi servis ishga tushirildi”, – degan Fahrettin Altun.

1943223
Turkiyada zilzila haqida yolg'on feyklarga qarshi kurash xizmati ishga tushirildi

 

Turkiya hukumati zilzila va uning oqibatlari haqida feyklarga qarshi kurash hamda shubhali xabarlarni tekshirib ko‘rish uchun maxsus servisni ishga tushirdi.

Bu haqda Anadolu axborot agentligi Respublika Prezidenti administratsiyasining kommunikatsiyalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altunga tayanib yozmoqda.

“Odamlarning foydalanishi uchun yolg‘on xabarlar haqida ma’lum qiluvchi servis ishga tushirildi”, – degan Fahrettin Altun.

“Siz ilovani telefoningizga yuklab olishingiz va zilzila haqida to‘qib chiqarilgan va tarqatilayotgan shubhali yoki yolg‘on xabarlar haqida ma’lum qilishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.  


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar