Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Germaniyaga safar qiladi

Hulusi Akar ertaga, 20 yanvar kuni Germaniyaning Ramshtayn shahridagi AQSh harbiy bazasida Ukrainaga bag'ishlangan yig'ilishda ishtirok etadi.

1935147
Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Germaniyaga safar qiladi

 

Ertaga, 20 yanvar kuni Germaniyaning Ramshtayn shahridagi AQSh harbiy bazasida G‘arb koalitsiyasi Ukrainaga keyingi harbiy yordam masalasini muhokama qiladi. Yig‘ilishda Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar ishtirok etadi.

Shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasining yangi mudofaa vaziri Boris Pistorius ham ilk bor ishtirok etadi. 

30 ga yaqin davlatning mudofaa vazirlari ishtirok etadigan mazkur yig'ilishda Ukrainadagi voqealar muhokama qilinadi.

Yig'ilishda 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushida nimalar bo'lgani, mintaqadagi oxirgi vaziyat va Ukrainaga harbiy-texnik yordam yetkazish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar