YTB: “Turkiya grandlari” dasturi uchun arizalarni qabul qilish boshlandi

Bu haqda Xorijdagi Turklar va Qardosh Jamiyatlar boshqarmasi rahbariyati ​​tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

1930974
YTB: “Turkiya grandlari” dasturi uchun arizalarni qabul qilish boshlandi

 

Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan xorijlik talabalarga Turkiyada ta’lim olish imkoniyatini taqdim etgan Xorijdagi Turklar va Qardosh Jamiyatlar boshqarmasi YTB 2023 yil “Turkiya grandlari” dasturi uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.

Bu haqda Xorijdagi Turklar va Qardosh Jamiyatlar boshqarmasi rahbariyati ​​tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

“1992 yilda "Buyuk talaba loyihasi" sifatida boshlanib, 2012 yilda "Turkiya grandlari" dasturi sifatida dunyo miqyosida kengaygan Turkiyaning rasmiy xalqaro stipendiya dasturiga 2023 yil uchun murojaatlar boshlandi”,-deyiladi bayonotda.

Dunyoning barcha davlatlaridan Turkiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada o‘qishni xohlovchi xorijlik talabalar uchun arizalar qabul qilinadi.

Grant dasturlari uchun arizalar 20-fevralgacha “https://tbbs.turkiyeburslari.gov.tr/” sahifasi orqali topshiriladi.

“Turkiya grandlari” dasturi universitetga joylashtirish, oylik stipendiya, universitetda o'qish, tibbiy sug'urta, yotoqxona, turar joy, bepul kasbiy va akademik dasturlar va ikki tomonlama parvoz chiptalari imkoniyatlari bilan dunyodagi eng keng qamrovli grand dasturi sifatida e’tirof etiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #YTB , #Turkiya

Aloqador xabarlar