Erdo'g'an Erzurumda yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi

G'arb davlatlari, jumladan Amerika Qo'shma Shtatlari mudofaa sanoatida Turkiyaning texnologiyasini qo'lga kiritishga intilmoqda. Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bu haqda Erzurumda yoshlar bilan uchrashuvi chog'ida tilga oldi.

1923451
Erdo'g'an Erzurumda yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi
erdogan.jpg
erdogan erzurum.jpg
erdogan erzurum.jpg

 

G'arb davlatlari, jumladan Amerika Qo'shma Shtatlari mudofaa sanoatida Turkiyaning texnologiyasini qo'lga kiritishga intilmoqda.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bu haqda Erzurumda yoshlar bilan uchrashuvi chog'ida tilga oldi.

Turk sanoatining faxri bo'lgan mahalliy elektromobil TOGGni muntazam ishlab chiqarish davom etayotganini ta'kidlagan Erdo'g'an:

"Umid qilamanki, bir necha oy ichida biz yo'llarimizda qora rangli TOGGni ko'ra boshlaymiz", dedi.

“Shuningdek, mamlakatimizning “Anadolu” deb nomlangan eng katta harbiy kemasini kelgusi yilda yana foydalanishga topshiramiz. Yana kelasi yili “Qizilelma” uchuvchisiz qiruvchi samolyotlarimizni ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi va biz milliy jangovar samolyotlarimizni foydalanishga topshiramiz”,- deb qo'shimcha qiladi Turkiya prezidenti.

Dizayni, ishlab chiqarishi, montaji, dasturiy ta'minoti va sinovlari to'liq mahalliy imkoniyatlar bilan amalga oshirilgan "IMECE" sun'iy yo'ldoshi va "Turksat 6A"ni kosmosga uchirishlarini ta'kidlagan Erdo'g'an: “Shunday qilib, biz sun’iy yo‘ldoshlarimizning umumiy sonini 10 taga yetkazamiz. 2023 yilning birinchi choragida Qora dengizda topilgan 540 milliard kub metr tabiiy gazni xonadonlarimizga yetkazishni boshlaymiz” dedi.

Erdo‘g‘an, "2023-yilda ilg‘or texnologiya cho‘qqisiga chiqadigan davr ayniqsa, dasturiy ta’minot oldinga chiqadi, dasturiy ta’minot texnologiyasida muvaffaqiyat qozonganlar esa jiddiy mukofot oladi",-dedi.

Turkiya mudofaa sanoatida katta islohotlarni amalga oshirganligini va natijada barcha davlatlarning diqqati Turkiyaga qaratilayotganiga e'tibor qaratgan Erdo'g'an, AQSh va boshqa gʻarb davlatlari Turkiyaning mudofaa sanoati texnologiyasini qoʻlga kiritishga intilayotganligini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar