Turkiya Moskva va Damashq bilan ittifoq tuzish tarafdori

“Biz Suriya – Turkiya – Rossiya uch tomonlama ittifoqini tuzish niyatidamiz”, dedi Erdo'g‘an jurnalistlar bilan suhbat chog'ida.

1920006
Turkiya Moskva va Damashq bilan ittifoq tuzish tarafdori

 

Turkiya Moskva va Damashq bilan ittifoq tuzish tarafdori va ayni yo‘nalishda bir qator takliflarni ilgari surmoqda.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Biz Suriya – Turkiya – Rossiya uch tomonlama ittifoqini tuzish niyatidamiz”, dedi Erdo'g‘an.

Uning fikricha, uch davlat razvedka xizmati, keyin mudofaa vazirliklari rahbarlari so‘ngra tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida muloqot uyushtirish kerak. Shundan so‘ng Erdo'g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Suriya yetakchisi Bashar Asad bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazishni taklif etmoqda.

“Men ayni masaladagi mulohazalarimni Putin bilan o‘rtoqlashdim, u ijobiy munosabat bildirdi”, dedi Turkiya yetakchisi.

O‘tgan oy Rossiya rahbari Turkiya va Suriya o‘rtasida muzokara boshlashda vositachilik qilishga tayyor ekanini bildirgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Suriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar